O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Serbiya parlamentlararo muloqotni mustahkamlamoqda

UzDaily · 17.06.2026 · 18:35 · 34 views
Oʻzbekiston va Serbiya parlamentlararo muloqotni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Serbiya parlamentlararo muloqotni mustahkamlamoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Senatda Oʻzbekiston va Serbiya parlamentlararo hamkorlik guruhlari aʼzolarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlash, siyosiy muloqotni yanada chuqurlashtirish hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilash masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv mobaynida parlamentlararo hamkorlik davlatlararo munosabatlarning muhim tarkibiy qismi ekanligi, qoʻmitalar, parlamentlararo hamkorlik guruhlari oʻrtasidagi muloqotni yanada faollashtirish, qonun ijodkorligi, parlament nazorati hamda tahliliy-tadqiqot faoliyati sohalarida tajriba almashishni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Parlament aʼzolari savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, sanoat, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, transport-logistika, turizm va axborot texnologiyalari sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida ham fikr-mulohazalarini bildirdi.

Madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash, Oʻzbekiston va Serbiya rektorlari forumini tashkil etish, madaniyat kunlari, kino haftaligi va boshqa qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha qator takliflar ilgari surildi.

UzDaily · 👁 34 views · 17.06.2026 · 18:35