Oʻzbekiston va Qirgʻiziston biznes hamkorligini mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston biznes hamkorligini mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston biznes hamkorligini mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 17 aprel kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Qirg‘iz Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Duyshonkul Chotonov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da kengaytirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda o‘zaro savdo hajmini oshirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Shuningdek, joriy yil iyun oyida Bishkek shahrida O‘zbekiston–Qirg‘iziston Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishini hamda qo‘shma biznes-forum tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Mazkur tadbirlar doirasida B2B uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Muzokaralar chog‘ida savdo, logistika, qishloq xo‘jaligi va sanoat kooperatsiyasi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini yana-da faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirib, kelishilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling