Oʻzbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari sheriklik masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari sheriklik masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari sheriklik masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 18-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashdi.

Muzokaralar iliq va mazmunli muhitda oʻtdi. Tomonlar ikki mamlakat xalqlarini birlashtiruvchi umumiy tarix, til va qadriyatlarga asoslangan doʻstlik, oʻzaro hurmat va ishonch munosabatlarining tobora mustahkamlanib borayotganini taʼkidladilar.

Suhbat davomida Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama kun tartibining ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Savdo va iqtisodiyot, transport va logistika, energetika, madaniy-gumanitar hamkorlik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar barcha asosiy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun mavjud salohiyatdan maksimal darajada foydalanishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling