Oʻzbekiston va Latviya mehnat migratsiyasini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Latviya mehnat migratsiyasini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 15-aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Latviya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Girts Yaunzems bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, hukumatlararo bitimni imzolashni jadallashtirish va mehnat migratsiyasi sohasini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yishdan o‘zaro manfaatdor ekanligini bildirib, hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma qadamlarni kelishib oldi.