Oʻzbekiston va Latviya farmatsevtika sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Latviya farmatsevtika sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Latviya farmatsevtika sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Zafar Kasimov hamda Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yaunzems Girts boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Latviya tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, qulay investitsiya muhiti hamda farmatsevtika tarmog‘ining jadal rivojlanishini yuqori baholadi.

Muzokaralar chog‘ida farmatsevtika mahsulotlarini mahalliylashtirish, yuqori sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Yevropa standartlariga mos ishlab chiqarish amaliyotini joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, “Tashkent Pharma Park” (“Bio Pharma City”) innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud infratuzilma, soliq va bojxona imtiyozlari hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ilg‘or tajribalar almashish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirish bo‘yicha muloqotni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling