Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi togʻ-kon sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova hamda Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Von Do Yon, shuningdek, KEXIM Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kang Sangjin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik hamda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, kelgusida o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish masalalari muhokama qilindi.