Oʻzbekiston va Koreya parlamentlararo muloqotni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Koreya parlamentlararo muloqotni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Koreya parlamentlararo muloqotni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 24-aprel kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxodjayev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi aʼzosi An Do Gol boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarida yana-da kengaytirish, shuningdek, parlamentlararo hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, ikki davlat parlamentlari o‘rtasida barcha bo‘g‘inlarda tizimli muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, o‘tgan yili dekabr oyida Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi samarali o‘tkazildi. 2023-yilda Koreya Respublikasi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan mazkur muloqot formati o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgan samarali platforma sifatida eʼtirof etildi.

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni yanada faollashtirish va uning samaradorligini oshirish yuzasidan qator takliflar ilgari surildi. Jumladan, parlamentlararo hamkorlik guruhlarining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish, yuqori darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan qo‘shma parlament nazoratini kuchaytirish, masʼul qo‘mitalararo hamkorlikni faollashtirish masalalari, shuningdek, joriy yil davomida ko‘zda tutilgan qo‘shma tadbirlar rejalari muhokama qilindi.

Shuningdek, madaniyat sohasida, xususan ikki mamlakat muzeylari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ulkan salohiyat qayd etilib, bu borada hududlar kesimida aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling