O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Koreya materialshunoslik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Dilafro'z Niyazova · 21.08.2026 · 18:20 · 47 views
Oʻzbekiston va Koreya materialshunoslik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Oʻzbekiston va Koreya materialshunoslik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda / Foto: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutining «Katta Quyosh qurilmasi» noyob ilmiy obʼektida Oʼzbekiston va professor Bum Sung Kim boshchiligidagi Koreya Milliy nodir metallar instituti (KORAM)vakillari ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutining «Katta Quyosh qurilmasi» noyob ilmiy obʼektida Oʼzbekiston va professor Bum Sung Kim boshchiligidagi Koreya Milliy nodir metallar instituti (KORAM)vakillari ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda Fanlar akademiyasi, Materialshunoslik instituti, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Oʼzbekiston texnologik metallar kombinati vakillari ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuvda KORAM tajribasi asosida Materialshunoslik institutini anʼanaviy akademik modeldan toʼliq innovatsion sikl tizimiga oʼtkazish strategiyasi koʼrib chiqildi (fundamental tadqiqotlar → amaliy ishlanmalar → pilot ishlab chiqarish → sertifikatlash → tijoratlashtirish). Shuningdek, yuqori haroratli quyosh texnologiyalaridan foydalangan holda materiallarni eritish va sintez qilish jarayonlari namoyish etildi.

Ilgʼor aqlli materiallar, noyob va kritik metallar, yuqori entropiyali qotishmalar, 2D materiallar, shuningdek, litiy ajratib olish texnologiyalari, materiallarni sinovdan oʼtkazish va sertifikatlash boʼyicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Materialshunoslik instituti va KORAM oʼrtasida yuqori texnologik va aerokosmik materiallarni sinashni tashkil etish boʼyicha Аnglashuv memorandumi imzolandi. Bu esa qoʼshma ilmiy-texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratadi.