O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Moliya

To‘lov terminallari aylanmasi 387,4 trln so‘mga yetdi

Dilafro'z Niyazova · 21.08.2026 · 19:15 · 44 views
To‘lov terminallari aylanmasi 387,4 trln so‘mga yetdi
To‘lov terminallari aylanmasi 387,4 trln so‘mga yetdi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda to‘lov terminallari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar aylanmasi 2026 yil yanvar–iyul oylarida 387,4 trln so‘mni tashkil etdi.

Shu bilan birga, yil boshidan buyon muomaladagi bank kartalari soni 10,9 foizga oshgan, bitta karta hisobidagi o‘rtacha oylik aylanma esa 562 ming so‘mdan 731 ming so‘mga ko‘paygan. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki xabar berdi.

1 avgust holatiga ko‘ra, muomalada 75,7 mln ta bank kartasi mavjud bo‘lgan. 1 yanvar holatida ularning soni 68,3 mln tani tashkil etgan edi. Shu tariqa, yetti oy davomida banklar qo‘shimcha 7,4 mln ta karta chiqargan.

Shu davrda to‘lov terminallari soni ham 430,8 mingtadan 453,5 mingtaga oshgan. Tarmoq 22,7 mingta terminalga yoki 5,3 foizga kengaygan.

Ayni vaqtda bankomatlar va infokiosklar soni ham ko‘paygan. Yil boshida ularning soni 40,1 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 1 avgustga kelib ko‘rsatkich 47 mingtaga yetgan. O‘sish 6,9 mingta qurilmani yoki 17,3 foizni tashkil etgan.

2026 yilning dastlabki yetti oyida to‘lov terminallari orqali 387,4 trln so‘mlik operatsiyalar amalga oshirilgan. Taqqoslash uchun, 2025 yil davomida aylanma 460,3 trln so‘mni tashkil etgan.

Bank kartalari soni 10,9 foizga oshgan bir paytda to‘lov terminallari aylanmasi 44,3 foizga ko‘paygan. Bir kartaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik aylanma hisob-kitobi ham faollik oshganini ko‘rsatmoqda: mazkur ko‘rsatkich 562 ming so‘mdan 731 ming so‘mga yetgan.

To‘lov infratuzilmasi va terminallar aylanmasidagi dinamika kundalik isteʼmol xarajatlarida naqd pulsiz hisob-kitoblardan foydalanish yana-da kengayib borayotganini ko‘rsatadi.