O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya togʻ-kon sanoatiga investitsiyalarni muhokama qilishdi

UzDaily · 01.04.2026 · 12:00 · 592 views
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya togʻ-kon sanoatiga investitsiyalarni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya togʻ-kon sanoatiga investitsiyalarni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vazirning birinchi oʻrinbosari F.Xamidova vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Koreya–Oʻzbekiston biznes assotsiatsiyasining raisi Kim Chan Keon bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda mehmon tomoniga Oʻzbekistonda togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, “Yer qaʼri toʻgʻrisidagi” yangi tahrirdagi qonun qabul qilingani, unda investorlar, tadbirkorlar uchun yer qaʼri uchastkalarini shaffof mexanizmlar asosida “E-auksion” platformasi orqali taklif qilinayotgani, sohaga investitsiyalarni jalb qilish borasida qilinayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Kim Chan Keon Oʻzbekistonning togʻ-kon sanoati va geologiya sohasiga Koreya–Oʻzbekiston biznes assotsiatsiyasi orqali koreys kompaniyalari investitsiyalarini jalb etishga qiziqish bildirdi.