Oʻzbekiston va Italiya farmatsevtika va sanoat sohalaridagi qoʻshma loyihalarni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Italiya farmatsevtika va sanoat sohalaridagi qoʻshma loyihalarni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Italiya farmatsevtika va sanoat sohalaridagi qoʻshma loyihalarni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Lombardy Meets Samarkand: Investment Opportunities” xalqaro tadbiri doirasida, Promos Italia va Regione Lombardia ishtirokida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida sanoat hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan tarmoqlararo davra suhbatlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Samarqand viloyati hokimi, Italiya Xalqaro savdo palatasi rahbari, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xodimlari, Italiyaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari vakillari, shuningdek, energetika va sanoat korxonalari egalari hamda rahbarlari ishtirok etdilar.

Davra suhbatlari davomida qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish, investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni lokalizatsiya qilish va zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, farmatsevtika, mashinasozlik, kimyo sanoati va energetika kabi istiqbolli yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir O‘zbekiston va Italiya kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi hamda kelgusidagi investitsiyaviy va texnologik sheriklikning amaliy yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling