Oʻzbekiston va Indoneziya islom moliya va investitsiya masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Indoneziya islom moliya va investitsiya masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Indoneziya Haj mablag‘larini boshqarish agentligining investitsiyalar bo‘yicha direktori Indra Gunavan bilan uchrashdi.
Indoneziya Haj mablag‘larini boshqarish agentligi davlat moliyaviy muassasasi hisoblanib, ziyoratchilar mablag‘larini shariat tamoyillari asosida boshqaradi hamda sukuk, ko‘chmas mulk va islom huquqiga muvofiq keluvchi boshqa vositalar orqali haj ekotizimini rivojlantirishga ixtisoslashgan.
Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, O‘zbekistonda sukuk, murobaha va ijara kabi moliyaviy vositalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar halol ekotizimni va ziyorat turizmini rivojlantirish imkoniyatlarini, jumladan, Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida mehmonxona infratuzilmasini yaratish hamda Janubiy-Sharqiy Osiyo bozorlariga yo‘naltirilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv yakunida Indoneziya tomoni yubiley V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif qilindi.