Oʻzbekiston va Belarus taʼlim sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Belarus taʼlim sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Belarus Respublikasi ta’lim vaziri Andrey Ivanes bilan uchrashdi.
Suhbat davomida ta’lim sohasidagi O‘zbekiston–Belarus hamkorligining dolzarb masalalari va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar mehnat bozori ehtiyojlariga mos raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, Belarus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.