Oʻzbekiston va Afgʻoniston hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Afgʻoniston hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Afgʻoniston hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligining Strategik tadqiqotlar markazi direktori va uchinchi siyosiy departamenti rahbari Abdul Hay Qanit bilan uchrashdi.

Muloqot davomida siyosiy-diplomatik va savdo-iqtisodiy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar turli darajalarda ikki tomonlama aloqalarning jadal rivojlanayotganini qayd etdi va mavjud salohiyatdan samarali foydalanish zarurligini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi va ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida amaliy muloqotni kelgusida tizimli asosda davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling