O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston suv resurslarini muhofaza qilish boʻyicha masʼuliyatni kuchaytirmoqda

UzDaily · 17.06.2026 · 21:31 · 40 views
Oʻzbekiston suv resurslarini muhofaza qilish boʻyicha masʼuliyatni kuchaytirmoqda

Oʻzbekiston suv resurslarini muhofaza qilish boʻyicha masʼuliyatni kuchaytirmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan — “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, sohadagi munosabatlarni tartibga solish, suvlarning davlat hisobini yuritish talablariga rioya etilishini ta’minlash, suv xo‘jaligi obyektlari va qurilmalaridan foydalanish mas’uliyatini kuchaytirish bugun juda muhim.

Shuningdek, gidrotexnika inshootlari xavfsizligiga oid qonunchilik talablarini buzish holatlarining oldini olish va oqova suvlarni chiqarish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini takomillashtirish ham dolzarbdir.

Ushbu qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda. Xususan, suvlarning davlat hisobini yuritish, suv xo‘jaligi obyektlari va gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni bevosita mas’ul shaxslarga nisbatan qo‘llash nazarda tutilyapti. Shuningdek, huquqbuzarlik mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan holatlarda nisbatan qat’iyroq javobgarlik choralarini belgilash hamda takroran sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdorini oshirish taklif qilinmoqda.

Maxsud Muhammedov, Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi: Atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini asrash maqsadida oqova suvlarni chiqarish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini takomillashtirishga qaratilgan normalar ham loyihadan o‘rin olgan. Chunki fuqarolar salomatligini asrash bugungi kunda dolzarb masala. Shu nuqtayi nazardan, aytish mumkinki, mazkur qonun loyihasi suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash, sohada huquqbuzarliklarning oldini olish hamda suv resurslarini muhofaza qilish tizimini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

UzDaily · 👁 40 views · 17.06.2026 · 21:31