Oʻzbekiston Amazon Leo bilan sunʼiy yoʻldosh aloqasini rivojlantirishni muhokama qildi

Oʻzbekiston Amazon Leo bilan sunʼiy yoʻldosh aloqasini rivojlantirishni muhokama qildi

Oʻzbekiston Amazon Leo bilan sunʼiy yoʻldosh aloqasini rivojlantirishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Amazon Leo kompaniyasining Markaziy Yevroosiyo bo‘yicha biznesni rivojlantirish rahbari Ivan Zaytsev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh aloqa texnologiyalari va raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, past orbital sun’iy yo‘ldosh (LEO) texnologiyalaridan foydalanish orqali barqaror va ishonchli raqamli xizmatlarni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda mamlakatning jadal rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyoti va texnologik ekotizimini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi xavfsiz, zamonaviy va barqaror sun’iy yo‘ldosh aloqa infratuzilmasining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling