O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

“O‘zeltexsanoat” xitoylik hamkorlar bilan bosma platalar ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratishni taklif qilmoqda

UzDaily · 17.10.2025 · 17:35 · 1469 views
“O‘zeltexsanoat” xitoylik hamkorlar bilan bosma platalar ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratishni taklif qilmoqda

“O‘zeltexsanoat” xitoylik hamkorlar bilan bosma platalar ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratishni taklif qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M. Yunusov Xitoyning “China Printed Circuit Association” (CPCA) uyushmasi direktori Yuffie Gao bilan videokonferens aloqa orqali uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, texnologiya almashinuvi, standartlashtirish va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

China Printed Circuit Association (CPCA) — bu Xitoydagi elektronika sanoatining yetakchi uyushmasi bo‘lib, bosma plata va elektron yig‘ma mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, ilmiy markazlar hamda ta’minot zanjiri ishtirokchilarini birlashtiradi. Uyushma sohada texnik standartlarni ishlab chiqish, xalqaro ko‘rgazmalar tashkil etish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

Uchrashuvda Xitoy tomoniga elektron platalar ishlab chiqarish uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, tayyor mahsulotlarni rivojlangan mamlakatlarga eksport qilish, shuningdek, “R&D” markazlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik takliflari bildirildi.

UzDaily · 👁 1469 views · 17.10.2025 · 17:35