O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

“O‘zbektelekom” AKga Fitch Ratings tomonidan “VV” reytingi berildi

Dilafro'z Niyazova · 13.11.2025 · 20:00 · 1170 views
“O‘zbektelekom” AKga Fitch Ratings tomonidan “VV” reytingi berildi
“O‘zbektelekom” AKga Fitch Ratings tomonidan “VV” reytingi berildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings “O‘zbektelekom” AKning uzoq muddatli kredit reytingini (IDR) “VV” darajasida, barqaror prognoz bilan tasdiqladi.

Kompaniyaning mustaqil kredit profili (SCP) “VV–” darajasida baholangan bo‘lib, bu O‘zbekiston korporativ sektori orasida eng yuqori natijalardan biridir.

Fitch mutaxassislariga ko‘ra, bu baho kompaniyaning telekommunikatsiya bozoridagi yetakchiligini, moliyaviy barqarorligini hamda raqamli xizmatlar sohasidagi o‘sishini tasdiqlaydi.

Tarmoq infratuzilmasining rivojlanganligi, muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar va barqaror daromadlar kompaniyaning moliyaviy barqarorligini yana-da mustahkamlamoqda.