O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekistonlik yosh futbolchi “Chelsi” U-15 safiga o‘tadi

Dilafro'z Niyazova · 14.04.2026 · 22:53 · 849 views
O‘zbekistonlik yosh futbolchi “Chelsi” U-15 safiga o‘tadi
O‘zbekistonlik yosh futbolchi “Chelsi” U-15 safiga o‘tadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik yosh futbolchi Zufarxo‘ja Akramxo‘jayev Londonning “Chelsi” futbol klubi U-15 jamoasiga ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib, taklif oldi.

Futbolchi 2010-yilda Andijonda tug‘ilgan. U ilgari Andijon-SGC jamoasida qanot himoyachisi sifatida o‘ynagan.

Maʼlum qilinishicha, u joriy yil sentyabr oyida “Chelsi” akademiyasiga qo‘shiladi. Shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda zarur hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari yakunlanmoqda.