O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 millionga yetdi

UzDaily · 18.06.2026 · 16:18 · 26 views
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 millionga yetdi

O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 millionga yetdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yili yakunlariga ko‘ra oliy taʼlim muassasalari talabalari soni 1 million 535 ming nafarga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

Avvalgi o‘quv yiliga nisbatan mazkur ko‘rsatkich 102,2 ming nafarga yoki 7,1 foizga oshgan.

Keltirilgan maʼlumotlarga ko‘ra, talabalarning 782,9 ming nafarini ayollar, 752,1 ming nafarini esa erkaklar tashkil etgan.

Statistika mamlakat oliy taʼlim tizimida taʼlim olayotganlar soni so‘nggi yillarda barqaror o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda. Xususan, 2024/2025 o‘quv yilida talabalar soni 1 million 432,8 ming nafarni, 2023/2024 o‘quv yilida 1 million 314,5 ming nafarni, 2022/2023 o‘quv yilida 1 million 042,1 ming nafarni, 2021/2022 o‘quv yilida esa 808,4 ming nafarni tashkil etgan.

UzDaily · 👁 26 views · 18.06.2026 · 16:18