O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda binolarni ijaraga olish uchun minimal stavka belgilandi

Dilafro'z Niyazova · 27.12.2024 · 16:48 · 1052 views
O‘zbekistonda binolarni ijaraga olish uchun minimal stavka belgilandi
O‘zbekistonda binolarni ijaraga olish uchun minimal stavka belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda binolarni ijaraga olish uchun minimal stavka belgilandi.

Yangi stavka «O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgi Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonun doirasida tasdiqlandi.

2025-yil uchun minimal ijara stavkalari 1 m² umumiy maydonga oyiga quyidagicha belgilandi: Toshkentda 45 ming so‘m, Nukus va viloyat markazlarida 26,5 ming so‘m, boshqa hududlarda esa 11 ming so‘m.

Turar-joy binolarini ijaraga olish bo‘yicha minimal stavkalar esa 1 m² umumiy maydonga oyiga Toshkentda 28 ming so‘m, Nukus va viloyat markazlarida 13,5 ming so‘m, boshqa hududlarda esa 5,5 ming so‘m deb belgilangan.