O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Turizm

Toshkent xalqaro intellektual forumlarga mezbonlik qiladi

UzDaily tahririyati · 03.08.2026 · 23:08 · 32 views
Toshkent xalqaro intellektual forumlarga mezbonlik qiladi
Toshkent xalqaro intellektual forumlarga mezbonlik qiladi / Foto: O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S. Tadjiev hamda Singapurning nufuzli “Singapur xalqaro mahorat musobaqalari markazi” (Singapore International Mastery Contests Centre (SIMCC)) kompaniyasi prezidenti Genri Ong o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida 2026-yil dekabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “STEAM AHEAD Global Finals – 2026” xalqaro final olimpiadasi hamda “Young Achievers Leadership Academy” yoshlar yetakchiligi akademiyasi dasturini yuqori saviyada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur xalqaro tadbirlar ikki hafta davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan 3 mingdan ziyod iqtidorli o‘quvchilar, yetakchi pedagoglar, xalqaro hakamlar hamda rasmiy delegatsiyalar vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.