O'zbekiston Yokogawa Electric bilan raqamlashtirishni muhokama qildi

O'zbekiston Yokogawa Electric bilan raqamlashtirishni muhokama qildi

O'zbekiston Yokogawa Electric bilan raqamlashtirishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekiston neft va gazi — OGU 2026” xalqaro anjumani doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati hamda Yaponiyaning “Yokogawa Electric Corporation” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida sanoat avtomatizatsiyasi, raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish hamda neft-gaz tarmog‘ida zamonaviy o‘lchov texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar DCS (Distributed Control System) va SCADA tizimlari, PLC avtomatizatsiya yechimlari, sanoat datchiklari, o‘lchov asboblari hamda gaz va suyuqlik analizatorlarini ishlab chiqarish va joriy etish sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, energetika, kimyo, neft-gaz va farmatsevtika sanoati uchun integratsiyalashgan texnologik yechimlarni tatbiq etish, ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligi va xavfsizligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling