O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston va Surinam diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Dilafro'z Niyazova · 22.02.2025 · 22:15 · 698 views
O‘zbekiston va Surinam diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
O‘zbekiston va Surinam diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Surinam rasman diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.

Nyu-York shahrida ikki tomonlama diplomatik aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risidagi kommyunike imzolandi.

Hujjatga O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Surinamning BMTdagi doimiy vakili Sunil Algram Sitaldin imzo chekdi.

Shu tariqa, Surinam O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 158-davlatga aylandi.