O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O'zbekiston va Sojitz yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

UzDaily · 19.06.2026 · 12:10 · 29 views
O'zbekiston va Sojitz yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va Sojitz yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Yaponiyaning “Sojitz Corporation” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Kosuke Uemura bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida kompaniyaning O‘zbekistonda amalga oshirayotgan investitsiya loyihalari hamda yangi tashabbuslari muhokama qilindi.

Tomonlar sanoat, energetika, transport va infratuzilma sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlarni ko‘rib chiqdi.

“Sojitz Corporation”ning mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.

UzDaily · 👁 29 views · 19.06.2026 · 12:10