O‘zbekiston va Sindao shahri o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Sindao shahri o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Sindao shahri o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari v.v.b. Odilxon Rustamov hamda Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasi, Sindao shahridan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Sindao shahri korxonalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish hamda qo‘shma investitsiya loyihalarini ko‘paytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muzokaralar jarayonida qurilish va loyihalash ishlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, transport va logistika, metallurgiya sanoati, qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Shuningdek, o‘zbek va xitoylik ishbilarmon doiralari o‘rtasida amaliy hamkorlikni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Xitoy–O‘zbekiston hamkorligi “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi doirasida strategik ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur hamkorlik infratuzilmani rivojlantirish, savdo hajmini oshirish va investitsiyalarni jalb etishga xizmat qilmoqda.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish va aniq investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling