O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Suhbat davomida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati hamda ularni yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek, turli darajalarda rejalashtirilgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlar taqvimi yuzasidan fikr almashildi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va energetika sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga, shuningdek, o‘zaro manfaatli boshqa yo‘nalishlarga alohida eʼtibor qaratdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirishga doir ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.