O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston va Kanada konchilik sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Dilafro'z Niyazova · 21.02.2025 · 14:10 · 695 views
O‘zbekiston va Kanada konchilik sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
O‘zbekiston va Kanada konchilik sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 20-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Kanadaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Kristofer Daggan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Kon-geologiya vaziri B.Islamov, vazirning birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev, departament boshliqlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

Vazir hamda elchi O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Kon-geologiya vazirligi va tizimosti korxonalar vakillarining Xalqaro tog‘-kon sanoati konferensiyasi (PDAC) tadbirlaridagi ishtiroki, ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, O‘zbekiston – Kanada do‘stlik jamiyati faoliyati haqida suhbatlashdilar.