O'zbekiston va ETF mehnat bozori va ko'nikmalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va ETF mehnat bozori va ko'nikmalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va ETF mehnat bozori va ko'nikmalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Yevropa Ittifoqi ta’lim jamg‘armasi (ETF) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan DARYA loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda ETF DARYA loyihasi rahbari Eva Yansova, vazirlikning Kompetensiyalarni rivojlantirish va malakani baholash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Q. Odinayev hamda Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti rahbari D. Karimov va boshqa mas'ullar ishtirok etdi.

Tomonlar amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib, 2026-yil uchun ustuvor yo‘nalishlar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Asosiy yo‘nalishlar: kompetensiyalarni rivojlantirish, malakani baholash tizimini takomillashtirish, xalqaro tajribani joriy etish, mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash va aholi bandligini ta’minlash.

Shuningdek, uchrashuvda mehnat bozori monitoringi, tadqiqot metodologiyasini yangilash va prognozlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling