O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Karimov Kadastr palatasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

Dilafro'z Niyazova · 10.08.2026 · 11:20 · 30 views
Karimov Kadastr palatasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi
Karimov Kadastr palatasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi / Foto: Davlat kadastr palatasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Behzodjon Karimov Davlat kadastr palatasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Qaror avvalgi rais Mohir Kamolovich Valiyevning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan qabul qilindi. Bu haqda Davlat kadastr palatasi xabar berdi.

Mazkur masalaga bag‘ishlangan tashkiliy yig‘ilish Davlat kadastr palatasida Kadastr agentligi direktori Sadriddin Abdullayevich Turdiyev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida ishtirokchilar Mohir Valiyevning kadastr sohasini rivojlantirish, tizimdagi islohotlarni tashkil etish va tarmoqni modernizatsiya qilishdagi hissasini taʼkidladilar.

Behzodjon Karimovga zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, Davlat kadastr palatasi faoliyati samaradorligini oshirish hamda boshlangan islohotlarni davom ettirishda muvaffaqiyat tiladilar.