O'zbekiston va BMTTD raqamli hamkorlikni muhokama qilishdi

O'zbekiston va BMTTD raqamli hamkorlikni muhokama qilishdi

O'zbekiston va BMTTD raqamli hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (UNDP) O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi hamda zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish, konsullik xizmatlarini takomillashtirish va innovatsion texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Uchrashuv yakunida sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling