O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida yangi hamkorlik bosqichi boshlanmoqda

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida yangi hamkorlik bosqichi boshlanmoqda
 

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida yangi hamkorlik bosqichi boshlanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlash hamda hududlararo hamkorlikni kengaytirish maqsadida ikki mamlakat biznes vakillarining rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Suhrob Abdurahmonov va Balx Savdo va investitsiyalar palatasi raisi o‘rinbosari Nasir Ahmad Sultonzoda ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yuqori baholab, savdo, investitsiya, logistika va hududlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat: ikki mamlakat tadbirkorlari uchun yangi bozorlar ochish, qo‘shma biznes-forum va ko‘rgazmalarni muntazam tashkil etish, savdo yo‘lidagi to‘siqlarni tezkor hal qilish bo‘yicha hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Shuningdek, tadbir doirasida o‘zbekistonlik va afg‘onistonlik tadbirkorlar o‘rtasida B2B formatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mahalliy tadbirkorlarning xalqaro bozorlardagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling