Valyuta kurslari 16/05/2025
$1 – 12965.34
UZS – -0,11%
€1 – 14525.07
UZS – -0,56%
₽1 – 161.34
UZS – -0,18%
Qidirish
Iqtisod 19/02/2025 O‘zbekiston Tizca brendi ostida poyabzal ishlab chiqaradi

O‘zbekiston Tizca brendi ostida poyabzal ishlab chiqaradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mahalliy "Ulkan-Laziz" MCHJ Vengriyaning "Moxa Management" kompaniyasi bilan strategik hamkorlikni kengaytirmoqda. Ushbu hamkorlik asosida maxsus poyabzallar ishlab chiqarish va ularni eksport qilish maqsad qilingan. "Ulkan-Laziz" Vengriya kompaniyasi uchun Tizca brendi ostida yuqori sifatli poyabzallar ishlab chiqarishni boshladi.

Bu bo‘yicha dastlabki mahsulot na’munalari hozirda laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilmoqda, va bu jarayonda texnologik yangiliklar ham amalga oshirilmoqda. Ushbu hamkorlikning samarali amalga oshishida GSP+ mexanizmi O‘zbekiston uchun katta iqtisodiy imkoniyatlar yaratmoqda. GSP+ tizimi a’zosi bo‘lish orqali O‘zbekiston korxonalari, jumladan "Ulkan-Laziz", YEI bozoriga eksport qilishda bir qator preferensiyalardan foydalanish imkoniga ega.

"Ulkan-Laziz" kompaniyasi ushbu mexanizmdan foydalanib, Vengriya kompaniyasi "Moxa Management" bilan dastlabki bosqichda 1.5 million yevro hajmdagi maxsus poyabzallar eksport qilishni rejalashtirayotgani bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

"Ulkan-Laziz" va "Moxa Management" kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekistonning iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yangi ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirish va Yevropa bozorlaridagi raqobatdoshligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling