O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Charité tadqiqot tashkiloti klinik sinovlarni muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 10.08.2026 · 12:00 · 27 views
Oʻzbekiston va Charité tadqiqot tashkiloti klinik sinovlarni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Charité tadqiqot tashkiloti klinik sinovlarni muhokama qilishdi / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Germaniyaning yetakchi kontrakt tadqiqotlar tashkilotlaridan biri — Charité Research Organisation rahbariyati bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda tashkilot bosh ijrochi direktori, professor Frank Vagner (Frank Wagner) bilan O‘zbekistonda klinik tadqiqotlar sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, klinik sinovlar infratuzilmasini takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va sohada malakali mutaxassislar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida nemis tomoniga mamlakatimizda farmatsevtika tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlar, klinik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun shakllantirilayotgan huquqiy va institutsional muhit, shuningdek, «BioPharma City» farmatsevtika klasteri imkoniyatlari taqdim etildi.

Xususan, klaster hududida tashkil etilayotgan zamonaviy tadqiqot markazlari, vivariy, GMP va GLP talablariga muvofiq infratuzilma, shuningdek, xorijiy investorlar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.

Tomonlar O‘zbekistonda xalqaro talablarga javob beradigan klinik tadqiqotlarni tashkil etish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalar va tajribani joriy etish, shuningdek, mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildilar.