O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogida 13 ta medalni qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichida ishonchli o‘yin ko‘rsatib, 13 ta medalni qo‘lga kiritdi - 4 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, jamoamiz umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi.
Oltin mukofotlarni Asilbek Jalilov (50 kg), Samandar Olimov (55 kg), Javohir Abduraximov (75 kg) va Halimjon Mamasoliyev (+90 kg) qo‘lga kiritdi.
Kumush medallar Jasurbek Yo‘ldoshev (85 kg), Nusratbek Tohirov (90 kg), Farzona Fozilova (48 kg), Aziza Zokirova (70 kg) va Oltinoy Sotimboyeva (+81 kg)ga nasib etdi.
Bronza medallari esa Dilshod Abdumurodov (60 kg), Adham Muxiddinov (65 kg), Muhammadazizbek Ismoilov (70 kg) va Gulsevar G‘aniyeva (51 kg)ga tegishli bo‘ldi.