O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Yevrokengash Prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

Dilafro'z Niyazova · 03.04.2025 · 09:00 · 688 views
O‘zbekiston Prezidenti Yevrokengash Prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Prezidenti Yevrokengash Prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-aprel kuni kechqurun Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Yevropa Ittifoqining oliy martabali vakili bugun ertalab O‘zbekistonga keldi va Buxoro shahriga tashrif buyurib, xalqimizning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Bo‘lajak "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.