O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan neft-gaz sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

Dilafro'z Niyazova · 14.05.2025 · 12:00 · 366 views
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan neft-gaz sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan neft-gaz sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni "O‘zbekiston neft va gazi" xalqaro forumi doirasida Toshkent shahrida bo‘lib turgan Rossiyaning "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi.

Rossiyaning yoqilg‘i-energetika sohasidagi yetakchi kompaniyasi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Neft mahsulotlarini yetkazib berish, qazib olinishi qiyin bo‘lgan konlarni o‘zlashtirish va sohani raqamlashtirish borasidagi sheriklikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.