O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Budapeshtga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti Budapeshtga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Prezidenti Budapeshtga jo‘nab ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif doirasida Budapesht shahrida oliy darajadagi muzokaralar, Vengriyaning rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ham ishtirok etadi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.