O'zbekiston nemis investorlariga o'zining farmatsevtika klasterini taqdim etdi
O'zbekiston nemis investorlariga o'zining farmatsevtika klasterini taqdim etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 22 aprel kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Germaniya savdo-sanoat assotsiatsiyasi (IHK) va hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “IHK-Länderwoche 2026: Zentralasien” tadbiri doirasida onlayn vebinar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning investitsion va bozor salohiyati, bozorga kirish shartlari va huquqiy muhit, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik imkoniyatlari hamda farmatsevtika klasterini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Vebinar doirasida “Tashkent Pharma Park” (Bio Pharma City) farmatsevtika klasteri loyihasi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari, investorlar uchun davlat tomonidan taqdim etilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari hamda farmatsevtika sohasida biznes yuritish shart-sharoitlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Muzokaralar so‘ngida tomonlar farmatsevtika sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.