O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston fuqarolari uchun Britaniyada mavsumiy ish kvotalari oshiriladi

Dilafro'z Niyazova · 18.09.2025 · 18:00 · 1617 views
O‘zbekiston fuqarolari uchun Britaniyada mavsumiy ish kvotalari oshiriladi
O‘zbekiston fuqarolari uchun Britaniyada mavsumiy ish kvotalari oshiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — London shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev, O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov hamda Britaniyaning “Association of Labour Providers” (ALP - Mehnat taʼminotchilari uyushmasi) bosh direktori David Camp bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumot uchun: ALP - Buyuk Britaniyaning mavsumiy ishlar, oziq-ovqat, sanoat, logistika kabi sohalarda ishchilarni yetkazib beruvchi va manfaatlarini qo‘llab quvvatlovchi tashkiloti. Ushbu uyushmaga 300 dan ziyod yirik kompaniyalar aʼzo.

Muzokarada, Buyuk Britaniya Mehnat taʼminotchilari uyushmasi (ALP) direktori janob David Camp: "O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan o‘zbekistonlik yoshlarni Angliya korxonalariga ishga joylashtirishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyormiz", - deya taʼkidladi.

Uchrashuvda, Britaniyaning mavsumiy ishchilar dasturi bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari uchun kvotalarni oshirish, yangi mavsumiy operatorlar bilan shartnomalar tuzish hamda yurtdoshlarimizni xavfsiz va tashkillashtirilgan holda ishga yollash yuzasidan kelishuvga erishildi.