O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi USP bilan dori vositalarini AQSHda ro‘yxatdan o‘tkazish va eksport qilish masalalarini muhokama qildi

Dilafro'z Niyazova · 14.09.2025 · 13:38 · 1720 views
O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi USP bilan dori vositalarini AQSHda ro‘yxatdan o‘tkazish va eksport qilish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi USP bilan dori vositalarini AQSHda ro‘yxatdan o‘tkazish va eksport qilish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov AQSH Farmakopeyasi (USP)ning Jamoatchilik siyosati va regulyator ishlari direktori Zakiya Al-Kurdi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida AQSHda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari va talablari, eksportni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilinib, o‘zaro hamkorlikning amaliy yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

Qo‘shimcha ravishda USP Konvensiyasida aʼzolik masalasi ko‘rib chiqilib, Agentlikning mazkur jarayonda ishtirok etishi imkoniyatlari muhokama etildi.