O'zbekiston Eksim Holding bilan hamkorlikni muhokama qildi
O'zbekiston Eksim Holding bilan hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari F.Xamidova boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari hamda Eksim Holding kompaniyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil qilindi.
Dastlab mehmonlar kompaniya faoliyati, uning energetika va infratuzilma sohalarida amalga oshirayotgan loyihalari hamda xalqaro bozorlardagi tajribasi haqida taqdimot qilishdi.
Kompaniya vakillari Oʻzbekiston konchilik sohasidagi investitsiya imkoniyatlariga qiziqish bildirayotgani hamda uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor ekanliklarini taʼkidladilar.
Shundan soʻng, xorij tomoniga kon-geologiya sohasidagi maqbul xalqaro amaliyotga muvofiq investitsiyaviy qonunchilik, fiskal siyosat hamda geologik obyektlarni shaffof mexanizmlar asosida yer qaʼri foydalanuvchilariga taqdim etishdagi mavjud qulay sharoitlar haqida maʼlumot berildi.