O'zbekiston Artibir Group bilan energetika loyihalarini muhokama qilmoqda
O'zbekiston Artibir Group bilan energetika loyihalarini muhokama qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston energetika haftaligi doirasida Energetika vazirligi hamda Turkiyaning “Artibir Group” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida Toshkent shahridagi issiqlik markazlarida kogeneratsion gaz-porshenli elektr stansiyalarini qurish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, issiqlik markazlari hududida kogeneratsion gaz-porshenli elektr stansiyalarini barpo etish loyihasi doirasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
UzDaily
·
👁 452 views
·
14.05.2026 · 11:00