Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston aholisi 38,4 million kishiga yaqinlashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 382 685 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.
2025 yilning shu davriga nisbatan ko‘rsatkich 1,8 foizga oshgan bo‘lib, bu mamlakatda demografik o‘sish izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.
Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, ayollar soni 19,1 million nafarni, erkaklar soni esa 19,3 million nafarni tashkil etmoqda. Bu esa aholi tarkibida erkaklar ulushi biroz ustunligini aks ettiradi.
Aholining hududlar kesimida taqsimlanishiga ko‘ra, shahar joylarda 19,6 million nafar, qishloq joylarda esa 18,8 million nafar aholi istiqomat qiladi.