O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

"O'zbekgidroenergo" AJ va AKA Bank moliyalashtirishni muhokama qilishdi

UzDaily · 19.06.2026 · 12:20 · 32 views
"O'zbekgidroenergo" AJ va AKA Bank moliyalashtirishni muhokama qilishdi

"O'zbekgidroenergo" AJ va AKA Bank moliyalashtirishni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF) doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyati va Germaniyaning yetakchi eksport-kredit banki — AKA Ausfuhrkredit-Gesellschaft mbH (AKA Bank) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan mamlakat gidroenergetika sohasini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya dasturi taqdim etildi.

Xususan, ekologik barqaror va “yashil” energetika loyihalari, shuningdek, kichik va o‘rta quvvatli gidroelektr stansiyalarni qurish bo‘yicha rejalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, kompaniya tomonidan xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari ishtirokida uzoq muddatli va raqobatbardosh moliyalashtirish manbalarini jalb etishga ustuvor ahamiyat berilayotgani ta’kidlandi.

AKA Bank vakillari bankning eksport-kredit agentliklari bilan hamkorlik tajribasi, Germaniya va boshqa mamlakatlardan yuqori texnologik uskunalar yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlash hamda energetika sohasidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha ko‘p yillik faoliyati haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, bank vakillari “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sohasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirish hamda o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashga kelishib oldilar.

UzDaily · 👁 32 views · 19.06.2026 · 12:20