Iqtisod

OTB va XMT chegara hududlarida tibbiy xavfsizlikni kuchaytiradi

OTB va XMT chegara hududlarida tibbiy xavfsizlikni kuchaytiradi
OTB va XMT chegara hududlarida tibbiy xavfsizlikni kuchaytiradi / Foto: Osiyo taraqqiyot banki.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) 4 sentyabr kuni O‘zbekiston va Tojikistonning chegara hududlarida sog‘liqni saqlash sohasidagi xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Tashabbus ikki mamlakatning chegaraoldi hududlarida yashovchi aholi, shuningdek, chegaradan o‘tuvchi shaxslarning ehtiyojlariga samarali javob qaytarish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida mamlakatlar o‘rtasida idoralararo hamkorlikni kuchaytirish, epidemiologik nazorat tizimlarini takomillashtirish va axborot almashinuvini yaxshilash rejalashtirilmoqda.

Tashabbusni ishga tushirishga bag‘ishlangan onlayn uchrashuvda O‘zbekiston va Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirliklari, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari, migratsiya va bojxona idoralari vakillari ishtirok etdi. Muhokamalarda OTB va XMT ekspertlari ham qatnashdi.

Yangi hamkorlik Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (MOIH) dasturining 2030 yilgacha bo‘lgan sog‘liqni saqlash sohasidagi strategiyasini amalga oshirishga hissa qo‘shadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.