“Oʻzbekneftgaz” Bangladesh bilan hamkorlikni muhokama qildi
“Oʻzbekneftgaz” Bangladesh bilan hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov Bangladeshning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot davomida tomonlar mamlakatlar oʻrtasidagi tarixiy aloqalar, oʻxshash qadriyatlarni tilga olib, munosabatlar bugungi kunda ham turizm, savdo-iqtisodiy yoʻnalishlarda rivojlanib borayotganini qayd etdilar.
Uchrashuvda neft-gaz sohasidagi aloqalarni yoʻlga qoʻyish, jumladan neft mahsulotlari savdosi, qazib chiqarish borasida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Elchi Oʻzbekiston va Bangladesh oʻrtasidagi ushbu sohadagi hamkorlik aloqalarni oʻrnatish muhim yoʻnalishlardan biri ekanini taʼkidladi.
Boshqaruv raisi bugungi kunda Oʻzbekistonda qator xalqaro kompaniyalar faoliyat yuritayotganini qayd etib, Jamiyat bu borada aloqalarni rivojlantirishga ochiq ekanini bildirdi.