"Oʻzbekneftgaz" AJ Boshqaruv Raisi Abdugʻani Sanginov Tojikiston Respublikasi rasmiy delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
"Oʻzbekneftgaz" AJ Boshqaruv Raisi Abdugʻani Sanginov Tojikiston Respublikasi rasmiy delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Oʻzbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov Tojikiston Respublikasi rasmiy delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda Tojikiston hukumati huzuridagi Moddiy zahiralar agentligi direktori Ahmadzoda Nurmahmad Ato hamda ushbu mamlakatning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Nasredin Ismatullo ishtirok etdi.
Muzokaralar avvalida tomonlar Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari boshchiligida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik strategik darajaga chiqqanini alohida taʼkidladilar. Oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik tamoyillariga asoslangan munosabatlar izchil rivojlanayotgani qayd etildi.
Tojikiston tomonining “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimidagi yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga boʻlgan qiziqishi koʻrib chiqildi.
Muloqotda mahsulot yetkazib berish boʻyicha barcha kelishuvlar bozor tamoyillari asosida amalga oshirilishi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.