Oʻzbekiston va Xitoy sanoat va sunʼiy intellektni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Xitoy sanoat va sunʼiy intellektni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdiOʻzbekiston va Xitoy sanoat va sunʼiy intellektni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston elchixonasi vakillari Xitoy sanoat va axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari Syun Sziszyun bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar davomida elchixona diplomatlari O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli infratuzilma va sunʼiy intellektni rivojlantirish, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash haqida maʼlumot berildi.
Tomonlar sanoat, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shu jumladan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni, taʼlim va kadrlar malakasini oshirish borasidagi o‘zaro hamkorlikni muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirishdan manfaatdor ekanini taʼkidlab, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.