Oʻzbekiston va Samara viloyati qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Samara viloyati qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Samara viloyati qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi maydonida agrar sohadagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim muzokaralar davom etmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev hamda Rossiya Federatsiyasi Samara viloyati hukumati raisi o‘rinbosari Vyacheslav Romanov o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida qishloq xo‘jaligi texnikalari yetkazib berish sohasida hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnikalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, “Pegas-Agro” MChJ bilan hamkorlikni qayta tiklash, texnik xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda servis infratuzilmasini yaratish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, o‘simliklarni himoya qilish, o‘g‘itlash va melioratsiya jarayonlari uchun zarur bo‘lgan maxsus texnikalarni yetkazib berish bo‘yicha kooperatsiyani rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda Samara viloyati korxonalarining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, distribyutorlik tarmoqlarini shakllantirish, ko‘rgazmalar va biznes-missiyalarda faol ishtirok etish orqali hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari ham muhokama qilindi. Shu bilan birga, mahsulotlarni sertifikatlash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda investitsion loyihalarni moliyalashtirish masalalari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

Tomonlar uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amaliy bosqichga olib chiqish hamda agrar sohada innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling